17:19 / 04.05.2020
6452

Yaponiya favqulodda vaziyat rejimini yozgacha uzaytirdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini 31 maygacha uzaytirishga qaror qildi.

Foto: Reuters

U bu haqda infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shtab yig‘ilishida e'lon qildi.

Abe shuningdek, agarda ekspertlar vaziyat tahlili natijalaridan kelib chiqib rejimni bekor qilish mumkinligini bildirishsa, u muddatidan avvalroq bekor qilinishini mumkinligini aytdi.

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 15,5 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar 530 nafarni tashkil qilmoqda. 

Oxirgi sutkada mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord qayd qilinib, 31 kishi vafot etgan. Avvalgi antirekord 23 aprelda qayd qilingan bo‘lib, o‘shanda virus qurbonlari 29 nafarni tashkil qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top