21:19 / 05.05.2020
27303

AQShda Osiyoning gigant qotil-qovog‘arilari xavf solmoqda

Mutaxassislar Osiyodan AQShga tushgan gigant qovog‘arilar u yerda ko‘payib, asalarilar populyatsiyasini yo‘q qilishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.

Foto: New York Times

AQShda yaqinda Osiyoning gigant qovog‘arilari paydo bo‘lib, asalarichilar uchun katta muammoga aylandi. Ular bu hasharotlar asalarilarni yo‘q qilayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb xabar berdi The New York Times nashri.

Gazeta buning isboti sifatida Vashington shtatidan bo‘lgan asalarichi Ted Makfoll duch kelgan vaziyatni misol qilib keltirib o‘tgan. Makfoll  o‘zining asalari xo‘jaligiga kelib, u yerda minglab o‘lik asalarilarni aniqlagan.

Uning fikricha, asalarilarga Vespa mandarinia deb nomlangan Osiyo qovog‘arilari qirg‘in keltirgan. Bu arilarning qanoti qulochi 9 va undan ko‘proq santimetrgacha yetishi mumkin.

Amerikalik asalarichilar bunday qovog‘arilarga ilk bor o‘tgan yilda duch kelishgan.

Ushbu turdagi qovog‘arilar nafaqat asalarilar, balki odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Uning chaqishi o‘limga olib kelishi mumkin. Yaponiyada yiliga 50 ga yaqin odam bunday qovog‘arilar qurboniga aylanadi.

Asalarichilar “kutilmagan mehmonlar” AQShda asalarilar populyatsiyasini yo‘q qilishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.

Top