14:28 / 05.05.2020
13559
Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari qulagan tom ostida qolib ketgan ikki nafar bola va ayol kishini qutqardi

Buxoroda fuqaroning yaqinlari va farzandlari qulagan tom qismlari ostida qolib ketgan. 

Foto: Milliy gvardiya

Joriy yilning 4 may kuni Buxoro viloyati Olot tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Xalqobod mahallasi A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro E.O‘. xonadonining tom qismidan yomg‘ir suvi o‘tib, oqibatda uyning tepa qismi qulab tushgan. 

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, fuqaroning yaqinlari va farzandlari qulagan tom qismlari ostida qolib ketgan. 

Bildirilishicha, shu hududda xizmat olib borayogan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining hushyorligi va sa'y-harakatlari  natijasida bino vayronasi ostida qolgan E.O‘.ning onasi Q.T., farzandlari - 5 yoshli o‘g‘li O.B. va 3 yoshli qizi O.B. qutqarib olinib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Top