08:46 / 05.05.2020
37637
Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

4 maydan boshlab Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida transport vositalari harakati cheklangan edi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, respublikada karantin tartibi yumshatilishi munosabati bilan 4 may sanasidan boshlab Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi.

Fuqarolardan karantin postlari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa-da, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish so‘ralgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top