09:13 / 05.05.2020
9243

Mis kabellarni talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning aprel oyi boshlarida noma'lum shaxslar Navoiy viloyati Karmana tumani “Uyrot” mahallasida qurilish ishlarini olib borayotgan qurilish kompaniyasining uchastkasi hududiga devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular omborxonada mavjud bo‘lgan uzunligi 632 metrni tashkil etuvchi, narxi 8 468 AQSh dollar bo‘lgan mis kabellarni yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 28 yoshli Z.A., 30 yoshli O‘.X., 34 yoshli J.Ya. tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida, ashyoviy daliliy tariqasida 63 kilogramm miqdordagi mis, 700 000 so‘m pul, 1 dona elektron tarozi, 1 dona temir arra, temir qaychi, bolgarka, qo‘lqoplar olingan.

Top