01:02 / 05.05.2020
22788
Organizmda koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishi ma'lum qilindi 

Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetining patofiziologiya bo‘yicha professori, tibbiyot fanlari doktori Anton Yershov inson organizmida koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishini ma'lum qildi.

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

Mutaxassisning ta'kidlashicha, koronavirusga barqaror immunitet shakllanishi uchun optimal sharoit kasallikning haddan ko‘p dori qo‘llanmagan holda o‘rtamiyona o‘tishi hisoblanadi. “Ana o‘shanda organizmda unga maksimal immunitet shakllanadi”, deb aytgan Yershov.

Professorning aytishicha, infeksiyadan himoyani ta'minlovchi zarur immunitet ikki sharoitda shakllana olmaydi: kasallikning juda yengil yoki juda og‘ir kechishida. Birinchi vaziyatda inson organizmida kasallanishga qaramay, organizm infeksiyaga jiddiy munosabat bildirishi va unga antitanalar ishlab chiqishi uchun yetarlicha miqdorda virus bo‘lmaydi.

“Immunitet shakllanmaydigan ikkinchi vaziyat inson kasallikni juda og‘ir o‘tkazishi hisoblanadi. Organizm kasallik og‘ir kechganda shunchalik tushkun holatda bo‘ladiki, barcha kompensatsiyalovchi kuch kelgusiga himoyani shakllantirishga emas, balki joriy sharoitda hayotni qo‘llab-quvvatlashga ketadi. Organizmda kuch, aynan esa antitanalar shakllantirish uchun oqsil yetishmaydi”, deb tushuntirgan mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy koronavirus bilan bog‘liq muammo shundaki, u yaqinda paydo bo‘lgan va mos ravishda, bu virus bilan “yaxshilab tanishish” uchun yetarlicha vaqt o‘tmagan. “Bu SARS [og‘ir respirator sindrom] bo‘lgani uchun koronavirusga immunitet ham 2 yil saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. Biroq bu borada tasdiqlangan ma'lumot yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Yershov. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top