17:00 / 05.05.2020
1990
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi «Saxovat va ko‘mak» fondiga 100 mln so‘m o‘tkazdi
Foto: O‘zbekinvest

Bugungi kundagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash yo‘lidagi umumiy birdamlik davrida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi «Saxovat va ko‘mak» fondiga kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisiz qariyalarga, nogiron va ishsiz shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori‑darmonlar, gigiyena vositalari xarid qilish uchun 100 mln so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berdi.

Shu bilan birga, kompaniya xodimlari tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanining «Xalqlar do‘stligi» mahallasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan insonlarga, ko‘p bolali va kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat to‘plamlarini yetkazib berish bilan yordam ko‘rsatildi. Aynan shunday ishlar «O‘zbekinvest» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi boshqa hududlaridagi bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Top