23:00 / 05.05.2020
24661
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2207taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 5 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2207 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Ayni vaqtgacha jami 1501 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 696 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida kasallikning hududlar kesimida qayd etilishi va ularning sog‘ayganligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar ifodalangan infografikani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Buxoro (84 foiz), Farg‘ona (83 foiz), Qoraqalpog‘iston (80 foiz), Surxondaryo (78 foiz) va Andijonda (72 foiz) ham bemorlarning tuzalish ko‘rsatkichlari yaxshilanmoqda.

Top