19:19 / 05.05.2020
13330
Pokistonda koronavirus sababli ishsiz qolgan o‘n minglab odamlarni band qilish yo‘li topildi

Pokistonda koronavirus pandemiyasi sababli ishini yo‘qotgan o‘n minglab odamlarni band qilish bo‘yicha istiqbolli g‘oya amalga oshirildi.   

Foto: Business Today

Bu haqda Reuter axborot agentligi xabar berdi. 

Mamlakatda bu maqsadda o‘rmon xo‘jaligida 63 mingdan ko‘proq ish o‘rni tashkil etildi. Bu Islomobod “O‘n million daraxt sunamisi” deb nomlangan 5 yillik dasturga qaytishga qaror qilgandan keyin mumkin bo‘ldi. Dastur Pokistonni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan bo‘lib, koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtab qolgandi. Biroq hukumat budjetda mablag‘lar taqchilligiga qaramasdan, unga qaytishga imkon topdi.

Ishsiz qolgan, asosan qishloq hududlaridan bo‘lgan o‘n minglab odamlar daraxt o‘tqazish, ularni yong‘inlardan himoyalash va noqonuniy chopilishiga qarshi kurashga yollangan. Ishchilar niqob taqib yurishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari lozim. Ularga kunbay haq to‘lanmoqda.

Dasturdan maqsad joriy yil oxirigacha 20 mln ko‘chat o‘tqazishdan iborat.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top