11:48 / 05.05.2020
19543

Qozog‘istonda favqulodda vaziyat bekor qilinishi sharti ma'lum qilindi  

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmasa, unda favqulodda vaziyat 11 maydan bekor qilinadi. Biroq karantin bilan bog‘liq choralar saqlanib qoladi.

Foto: nur.kz

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga tayanib “Xabar 24” nashri ma'lum qildi.  

“Bu aholi xavfsizligi uchun juda muhimdir. Umid qilamanki, fuqarolarimiz sekin-asta odatiy turmush tarziga qaytadilar. Bizda uzoq muddatli strategik taraqqiyot yo‘li bor”, deb aytgan To‘qayev.

Qozog‘iston rahbari iqtisodiy rivojlanishni tiklash bo‘yicha dasturni amalga oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tgan. 

“Men kelgusidagi bir qator vazifalarga e'tibor qaratmoqchiman. Avvalambor sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash uchun yangi tashabbuslar qabul qilish zarur. Zamonaviy shifoxonalar qurish va ularni barcha zaruriy qurilmalar bilan jihozlash juda muhimdir. Bundan buyon tibbiyot fani rivojlanishiga alohida e'tibor qaratmog‘imiz lozim. Bu sohada faoliyat yurituvchi olimlarimiz katta salohiyatga ega. Yaxshisi professionallar uchun munosib muhit yaratish va real ko‘mak ko‘rsatish kerak. Biz, shuningdek, ta'lim va fanni to‘liq modernizatsiya qilamiz. Shu bilan bir vaqtda ilg‘or texnologiyalar va raqamlashtirishdan keng foydalanishimiz darkor. Bu asosiy vazifalardan biridir”, deb qo‘shimcha qilgan To‘qayev.

Qozog‘iston prezidentining aytishicha, millat ham raqobatbardosh bo‘lmog‘i zarur. Buning uchun inson kapitalini rivojlantirish lozim. Shuningdek, respublikaning biznes-salohiyatini oshirish, kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash bilan jiddiy shug‘ullanmoq lozim. Importga tobe bo‘lmaslik uchun mahalliy ishlab chiqarishni jonlashtirish zarur bo‘ladi. 

Qozog‘istonda favqulodda vaziyat 16 martda kiritilgandi. Keyinroq u 15 apreldan uzaytirilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top