00:58 / 05.05.2020
9162

Saakashvili yaqin kunlarda Zelenskiy tomonidan lavozimga tayinlanishini ma'lum qildi

Ukraina OAVning yozishicha, Saakashviliga islohotlar bo‘yicha milliy kengash tarkibiga kirish taklif qilingan. 

Foto: ukranews.com

Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili yaqin kunlar ichida Ukraina hukumati tuzilmasida lavozimga tayinlanadi. Saakashvili bu haqda "Ukraina 24" telekanali orqali ma'lum qildi.

"Tayinlov to‘g‘risida prezidentning o‘zi yaqin kunlarda e'lon qiladi. Men u va prezident ofisi hamda parlament yetakchilari bilan maslahatlashdim. Prezident turli variantlarni ko‘rib chiqdi, u bu haqda o‘zi e'lon qiladi", - dedi Saakashvili. Shu bilan birga, u qanday lavozimga tayinlanishini aytmadi.

22 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini taklif qilgani ma'lum bo‘ldi.

Ushbu xabardan so‘ng Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya agar Mixail Saakashvili Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanadigan bo‘lsa, Kiyevdagi elchi chaqirib olinishini bildirdi
   
Vladimir Zelenskiy 2019 yil Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytargandi. Uning fuqaroligi 2017 yilda sobiq prezident Petro Poroshenko tomonidan bekor qilingan. Saylovoldi dasturida ham Zelenskiydan Saakashvili borasida fikrlarini so‘rashgandi va u Gruziya sobiq prezidentini Yevropada demokratiyani ta'minlash uchun kurashgan, korrupsiyaga qarshi kurashda tajribasi bor, deb maqtagandi. 

Ukraina OAVning yozishicha, Saakashviliga islohotlar bo‘yicha milliy kengash tarkibiga kirish taklif qilingan. 

Islohotlar bo‘yicha milliy kengash Ukraina prezidenti huzuridagi strategik rejalashtirish bo‘yicha maxsus maslahat organi hisoblanadi. 

Top