11:59 / 05.05.2020
4718

Toshkent viloyatida shaxsiy iste'moli uchun giyohvandlik vositalarini saqlab kelgan shaxslar aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 22 aprel kuni soat 14:00da Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir jarayonida, 30 yoshli A.Ts. bir kun avval Eyvalek qo‘rg‘onidan oqib o‘tuvchi kanal bo‘yida yovvoyi holda o‘sib turgan “konoplya” o‘simligini barglari va mayda yon shoxlarini yulib olib, tanishi fuqaro 31 yoshli S.K. bilan birga yog‘da qovurib iste'mol qilishga kelishib, S.K.ning uyida alyumin qozonda yog‘da qovurib, “marixuana” giyohvandlik vositasini tayyorlashib, bir qismini S.K.ga iste'mol qilishi uchun qoldirib, qolganini cho‘ntagiga yashirib olib ketayotganda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Fuqaro A.Ts.dan 62,93 gramm, S.K.dan esa 111,63 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top