11:20 / 06.05.2020
17666
Andijon va Namanganda bemorlarning navbatdagi guruhlari tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon va Namangan viloyatida 38 bemor sog‘ayib, mamlakatda shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 1539 nafarga yetdi.

Andijon viloyatida 7 bemorga javob berilgan. Ularning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 10 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 119 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 126 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida 31 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bo‘lib, ularning ham barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 106 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 137 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1539 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top