15:34 / 06.05.2020
11510
O‘zbekistonda qator xususiy bandlik agentliklariga berilgan litsenziya to‘xtatildi

Fuqarolarni chet elga ishlash uchun yuborish bilan shug‘ullanib kelgan 4ta xususiy XBAning litsenziyasi amal qilishdan to‘xtatildi.

Foto: Shutterstock

“Oxiana work xususiy bandlik agentligi”, “Taraqqiyot milliy markazi xususiy bandlik agentligi”,  “World work xususiy bandlik agentligi” va “Work in World xususiy bandlik agentligi” MChJlarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatildi.

Bu haqda ma'lum qilgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qabul qilingan ushbu qarorlar yuzasidan boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qator xususiy bandlik agentliklari mansabdorlari ustidan jinoyat ishlari ochilgach, Bosh vazir Abdulla Aripov mamlakatdagi barcha XBAlarni tugatish bo‘yicha prezidentga taklif kiritilishini aytgan edi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, XBAlar faoliyati tugatilmaydi, qonunchilikka jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Top