23:14 / 06.05.2020
28020
O‘zbekistonda yana 2 kishida virus aniqlandi. Shifoxonalarda qolayotgan bemorlar soni 646 nafar

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 2 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 6 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2233 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Bugun jami 26ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 76 kishi tuzaldi.

Ayni vaqtgacha jami 1577 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 646 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Top