13:41 / 06.05.2020
9459
«Qizim kasal, pulimiz tugab boryapti...» – Hindistonda qolib ketgan yolg‘iz onaga yordam kerak

Pandemiya tufayli chegaralar yopilib, ko‘plab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarda qolib ketgan. Ular orasida shifo ilinjida ketganlari ham bor. Ana shunday yurtdoshlarimizdan Odina Nazarova tahririyatimizga yordam so‘rab murojaat qildi.

Odina Nazarovaning 8 yashar qizi Farangiz buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan.

Ular hozir Hindistonda qolib ketgan. Farangizning onasi bilan bog‘lanib, vaziyati haqida suhbat qildik.

– O‘zbekistondan 2 mart kuni Hindistonga kelganmiz. Qizim Nazarova Farangiz 8 yosh, buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan. Buni oxirgi chorasi buyrak ko‘chirma operatsiyasi ekan. Yoshi kichkinaligi, o‘zimizda bu operatsiya qilinmasligi sababli, bizni Hindistonga jo‘natishdi.

Biopsiya natijasi bo‘yicha, qizimga Anti-GBM tashxisi qo‘yildi. Farangizning qonida Anti-GBM antitanachalari miqdori 181 foiz chiqdi, lekin bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida bo‘lishi kerak ekan. Bu kasallik butunjahon bo‘yicha plazmofiltr bilan davolanadi.

Hozir biz 6ta plazmofiltr qabul qildik va har birini $1800, $1600 va eng kami $1200dan oldik.

Qizim Farangizda buyrak ishlamasligi sababli, peshob yo‘q, buyrak qurishni boshlagan, buning natijasida to operatsiya bo‘lgunga qadar haftasiga 3 martda gemodializ olishi kerak. Hindistonda sharoit judayam o‘g‘ir va kasallik avj olgan. Kasallar ko‘p va karantin qoidalariga rioya qilish ko‘ngildagidek emas.

Hozir 400 dollar pulimiz qolgan. Bu 4 kunlik gemodializ uchun yetadi. Undan tashqari, mehmonxonaning pulini 25 aprelgacha to‘lab qo‘yganman, yana 5 kunlik to‘lovini to‘lashim kerak.

Butun yurtdoshlarimdan, musulmon ahlidan yordam so‘ragan bo‘lar edim. Birovdan bir so‘m pul so‘rashga, hech kimning vijdoni yo‘l qo‘ymaydi. Chunki hozir judayam qiyin vaziyat. Hech bo‘lmaganda Ramazon kunlari duo qiling. Shunisiga ham mingdan ming rahmat aytaman, – deydi Odina Nazarova.

Aziz yurtdoshlar, Ramazon oyida barchamiz o‘z istagimiz va imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, yana bir bor saxovat qilaylik. Yolg‘iz ona va uning murg‘ak qizi Farangiz Hindistonda qiyin ahvolda qolib ketishgan. Ko‘pchilikning sa'y-harakati bilan, oz-ozdan bo‘lsa-da, ular uchun yetarli mablag‘ yig‘ilishi mumkin.

O‘ylaymizki, ushbu xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz. Qilgan ehsonlaringiz nur bo‘lib, oxiratda yo‘lingizni yoritsin. Yaxshilik qilishdan charchamang.

Yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun ma'lumotlar:

Onasi Nazarova Odinaxon nomiga ochilgan karta:

UzCard, Agrobank: 8600 0412 1248 9950

Qarindoshi Zohid Xolbo‘tayev nomiga ochilgan karta:

Sberbank: 4276 3800 2676 4550

Tel: +998 99 4839367

Rahmatilla Isroilov tayyorladi.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top