10:18 / 06.05.2020
3310
Toshkentda fuqaroni qog‘oz bahonasida 4800 dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 4 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga hujjatlar kelib tushgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati

Ularga ko‘ra, 2019 yilning fevral oyida poytaxtning Shayxontohur tumanida yashovchi A.U. Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan bo‘lgan K.J.ga qog‘oz xomashyosini olib berishni va'da qilgan. 

THAY ko‘chasida uchrashgan paytda buxorolik K.J. mushkulini oson qilishga “kirishgan” A.U.ga 4 800 AQSh dollari miqdoridagi pulni berib yuborgan. Biroq vaqt o‘tib, firibgarlik qurboniga aylanib qolganiga, ishongani pullarini o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborganiga amin bo‘lgan va bu haqida ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan. Tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari sa'y-harakatlari natijasida A.U. ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top