07:17 / 06.05.2020
16900
Tramp AQShda koronavirusga qarshi qurashish bo‘yicha guruh o‘z ishini to‘xtatishini e'lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi qurashish guruhi o‘z ishini to‘xtatishini e'lon qildi. Uning o‘rniga Oq uy mamlakat iqtisodiyotini tiklash masalalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa guruhni tashkil etadi.

Foto: AFP

Tramp yanvarda shakllantirilgan guruh o‘z ishini to‘xtatishini Arizona shtatidagi chiqishi vaqtida ma'lum qildi.   

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, vitse-prezident Mayk Pens va uning hamkasblari katta ish qilishgan, biroq ayni vaqtda “biroz boshqacha shakl” zarur. 

“Bu shakl – xavfsizlik va tiklanish. Bizda bu maqsadda tashkil etiladigan boshqa guruh bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

AQSh prezidenti bu qaror sababini tushuntirar ekan, AQShni yaqin 5 yilga to‘liq yopib bo‘lmasligini, shu sababli Oq uy inqirozdan chiqishning keyingi bosqichlarini ko‘rib chiqayotganini aytgan.

U yangi guruhga Oq uyning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Debora Birks va AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi o‘tishini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, Tramp mamlakat ochilishini, korxonalar o‘z ishini tiklashini aytgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top