10:49 / 07.05.2020
34360

AQShda koronavirus bo‘yicha muhim kashfiyotni e'lon qilish arafasida turgan olim o‘ldirib ketildi

AQShda o‘z uyida koronavirusni o‘rganish bilan shug‘ullangan olim Bin Lyu o‘ldirib ketildi. Ehtimoliy qotil ham jinoyat joyi yaqinida o‘lik holda topilgan.

Bu haqda Pitsburg shahri politsiyasiga tayanib People nashri xabar berdi. Mikrobiolog olim Pitsburg universitetida ishlagan.

Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan 37 yoshli olim koronavirus negizida yotgan hujayra mexanizmlari va virus asoratlarining hujayra asoslarini o‘rgangan. Professor hamkasblarining ta'kidlashicha, olim o‘limi oldidan koronavirus bo‘yicha muhim kashfiyotni e'lon qilish arafasida turgan.

Huquq-tartibot idoralari vakilining aytishicha, olim jasadi 2 may kuni boshi va bo‘ynidan o‘qotar jarohatlar bilan topilgan. Jinoyat joyi noodatiy ko‘rinishda bo‘lgan, shu sababli politsiya jinoyatning sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni bildirgan. 

Foto: University of Pitsburgh

Olimning uyi yaqinida qo‘yilgan avtomobilda Xao Gu ismli erkakning jasadi topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qotillikni aynan shu kimsa sodir etgan va so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Qotillik sababi noma'lumligicha qolmoqda. Ta'kidlanishicha, olim va qotil tanish bo‘lgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top