22:58 / 07.05.2020
8570
AQShda niqob sababli boshqa mahbus ozodlikka chiqarib yuborildi

AQShning Chikago shahridagi turmada mahbuslardan biri o‘zini ozodlikka chiqarilishi kerak bo‘lgan boshqa mahbus qilib ko‘rsatib, turmani tark etishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda unga tibbiy niqob qo‘l kelgan.  

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi

Foto: CCN

21 yoshli Jak Skott ismli mahbus o‘zini ozodlikka chiqarilishi kerak bo‘lgan 28 yoshli Kventin Xenderson qilib ko‘rsatgan. Xenderson Skottga o‘zi haqidagi ma'lumotni 1000 dollar evaziga so‘zlab bergan.

Shundan keyin Skott yuzidagi tatuirovkalarni yopish maqsadida yuziga tibbiy niqob taqib va Xenderson haqidagi ma'lumotlarni keltirib o‘tgach, turmadan ozod etilgan.

Ayni vaqtda politsiya qochqinni qidirmoqda, ozod etilishi kerak bo‘lgan mahbus esa unga qochishda sheriklik qilishda ayblanmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top