00:10 / 07.05.2020
12708
Butun dunyo bo‘ylab qancha tibbiy xodim koronavirusga chalingani ma'lum qilindi  

Dunyo bo‘ylab 90 mingdan ko‘proq tibbiy xodim koronavirusga chalingan. Biroq bu ko‘rsatkich aslidagidan kamroqdir, chunki ma'lumotlar barcha davlatlarni ham qamrab olmagan.

Foto: Sergey Bobylev/TASS

Bu haqda Xalqaro hamshiralar kengashi (ICN) ma'lum qilgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, kasallangan tibbiy xodimlar soni himoya vositalari taqchilligi davom etayotgani haqidagi xabarlar ortida aslidagidan past baholangan. 

“Sog‘liqni saqlash ishchilari orasida koronavirusga chalinish holatlari 23 mingtaga  ortib, ular 90 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, degan fikrdamiz. Biroq bu aslidagidan kamroq, chunki barcha davlatlar qamrab olinmagan”, deb aytgan ICN ijrochi direktori Govard Ketton.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ta'kidlanishicha, unga a'zo 194 davlat koronavirusga chalingan tibbiy xodimlari bo‘yicha batafsil ma'lumot taqdim qilmayapti.    

JSSTning bu boradagi oxirgi ma'lumotlari 11 aprelda chop etilgan bo‘lib, unda 22 ming tibbiy xodim kasallangan deb ko‘rsatilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top