14:50 / 07.05.2020
7360
DXX xodimlari yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatdi

DXX idoralarida faoliyat olib borgan 53 nafar boquvchisini yo‘qotgan yoki yolg‘iz yashayotgan faxriylarga, nogiron va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining yaqinlariga, shuningdek, respublika bo‘ylab 913 ta yordamga muhtoj oilalarga jami 329 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi sinovli kunlarda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati mamlakat aholisi tomonidan katta xayrixohlik bilan qarshi olindi.

O‘z navbatida, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham ushbu xayrli ishga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

Jumladan, DXX idoralarida faoliyat olib borgan 53 nafar boquvchisini yo‘qotgan yoki yolg‘iz yashayotgan faxriylarga, nogiron va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining yaqinlariga, shuningdek, respublika bo‘ylab 913 ta yordamga muhtoj oilalarga jami 329 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Odatda mamlakat boyligi uning iqtisodiy qudrati bilan baholanadi. Biroq, millatning asl xazinasi, eng avvalo, uning hamjihat va ahil xalqi ekanligi, hech qanday boylik birdamlikning o‘rnini bosa olmasligiga bugun barcha guvoh bo‘lib turibdi. 

Top