15:50 / 07.05.2020
17299
Eng muhimi umid so‘nmasin – qon kasalliklariga chalinganlar yordamimizga muhtoj

Oqqon shunday murakkab dardki, har qanday oilani esankiratib qo‘yadi. Ayniqsa karantin kunlarida hamisha tirgak bo‘ladigan yaqinlar ham yordam bera olmay qolishlari mumkin. Bu shifoxonadan tayyorlangan navbatdagi lavhalarimizda ham kasallik bilan olishayotgan va umidni uzmayotgan insonlar taqdiri tasvirlangan.

Birinchi bemor: Shahnoza Bahodirova, 2016 yil 28 fevralda tug‘ilgan. Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan kelishgan. Onasi Maftuna Hikmatova farzandi bilan birga davolanmoqda. Otasi  Ne'matilla Hikmatov esa kerakli mablag‘ni topish va dori-darmonlarni yetkazish uchun zir yugurib yuribdi. 3 oydan beri davom etayotgan kasallik yosh oilaning holini tang qilgan.

Shahnozaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 3329 7617 2191

(Ipoteka bank, onasi Maftuna Hikmatova nomida)

Viza karta: 4023 0601 1800 6237

(Onasi Maftuna Hikmatova nomida)

Telefon raqami: +998909175619

Biz odatda kasallikka chalingan bolalar to‘g‘risida lavhalar tayyorlaymiz. Ammo bu dard kattalarni ham ayab o‘tirmaydi. Keyingi bemor Fotima Bozorova 1981 yilda tug‘ilgan. Buxoro viloyatidan kelib shu shifoxonada davolanmoqda. Turmush o‘rtog‘i Jobir Rajabov davo umidida ko‘p narsasidan voz kechdi. Ammo hozircha kasallikdan shifo topganicha yo‘q va yaxshilar ko‘magiga har qachongidan ham muhtoj.

Fotima Bozorovaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 7784 7053

(Xalq banki, Fotima Bozorova nomida)

Humo: 9860 0101 1619 3169 (singlisi Rajabova Dildor nomida)

Telefon raqami: +998934760607

Yana bir bemorimiz: Abdurahimjon Abdumalikov 2011 yil 25 iyunda tug‘ilgan. Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanidan kelib davolanishmoqda. Onasi Shodiya Isayeva farzandining yonida bo‘lsa, otasi Dilmurod Isayev dori-darmon yetkazish uchun doim izlanishga majbur. Og‘ir kasallik tufayli oila bor-budini sarflab bo‘lgan.

Abdurahimjon Abdumalikovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 2922 3338

(Xalq banki, onasi Shodiya Isayeva nomida)

Viza karta: 4231 2000 0202 2571

Humo karta: 9860 1666 3098 2659

(Otasi Dilmurod Isayev nomida)

Telefon raqami: +998945067890

Navbatdagi bemorimiz: Diyorbek Abbosov, 2007 yil 2 martda tug‘ilgan. Namangan shahridan kelib davolanmoqda. Onasi Iqboloy Jabborovaning aytishicha, to‘satdan kelgan bu sinov oilani juda qiynab qo‘ydi. Otasi Shuhrat Normirzayev muolajalarni to‘xtatmaslik ilinjida qarz ko‘tarishga majbur bo‘lgan. Hozir uyda davolanishni davom ettiryapti, karantin tufayli poytaxtga kelish imkoniyati ham bo‘lmayapti.

Diyorbekka oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 5875 3809

(Xalq banki, Iqboloy Jabborova nomida)

Viza karta: 4276 3801 5170 2078

(Sberbank, qarindoshi Yoqutxon Mamajonova nomida)

Telefon raqami: +998999134220

Keyingi bemorimiz: Nodirjon Qodirov, 2014 yil 9 oktyabrda tug‘ilgan. Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan. 2018 yil oktabr oyida shu kasallikka chalingan va ma'lum muddat davolanishlardan so‘ng 2019 yil 8 yanvarda poytaxtga kelishgan. Bir yildan ortiq vaqt o‘tibdiki bola bu dard bilan kurashib yashamoqda, orada qisqa muddatli tanaffuslarni aytmasa, umri shifoxona devorlari ichida o‘tmoqda. To‘rt farzand ichida yagona o‘g‘il bo‘lgan Nodirjonning sog‘ayib ketishi onasi Nafisa Rajabova, otasi Nasrullo Muhammadiyevlarning bugungi kundagi yagona orzusi.

Nodirjon Qodirovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 5602 4682

(Xalq banki, onasi Nafisa Rajabova nomida)

Viza karta: 4276 3800 1345 9727

(Sberbank, qarindoshi Xudoyberdi Muhammadiyev nomida)

Telefon raqami: +9989919827435

So‘nggi bemorimiz: Xursanali Majidov, 2003 yil 9 iyunda tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tumanidan. Onasi Sayyora Toshmirzayeva bilan birga 6 oydirki bu murakkab dard bilan kurashib kelmoqda. “Shifoxona ro‘parasida dorixonalar bor, hammasida qarz bo‘lganman. Shuning uchun ko‘chaga ham chiqolmay, oldilaridan o‘tolmay yuribman. O‘zim novvoylarga yordam beryapman. Lekin topganim yetmayapti-da...” deydi otasi Shukurali Abdurahmonov.

Xursanali Majidovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 6040 8574

(Xalq banki, otasi Shukurali Abdurahmonov nomida)

Viza karta: 4097 8211 0070 6683

(SQB, otasi Shukurali Abdurahmonov nomida)

Telefon raqami: +998905868173

Muhtaram mushtariylar! Ko‘pning oz-ozdan bergani ham ko‘p bo‘ladi. Ilinj bilan sizlarga murojaat qilayotgan bu yurtdoshlarimizni ham noumid qilmaylik. Zero Siz hech qachon bunday lavhalarga bee'tibor bo‘lmagansiz.

Abror Zohidov va Bekjon Jo‘raqulov tayyorladi, tasvirchi Nuriddin Nursaidov.

 

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top