18:55 / 07.05.2020
9121
«Kattaqo‘rg‘on» poligonida ilk marta 14,2 millimetrli artilleriya quroli sinovdan o‘tkazildi 

Ushbu quroldan artilleriyachilar bo‘linmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar foydalanishi ko‘zda tutilgan. 

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bugun, 7 may kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga o‘rnatilgan 14,2 millimetrli quroli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz' ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma'lum qildi.

Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 millimetrli snaryad otiladi. Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu galgi tungi va kunduzgi mashg‘ulotlarida 14,2 millimetrli qurol ham sinab ko‘rildi. Ketma-ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar o‘qlar nishonlarga to‘liq talofat yetkazdi. 

Ushbu quroldan artilleriyachilar bo‘linmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar foydalanishi ko‘zda tutilgan. 

Yangi qurolda qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 millimetrli quroldan otishga qo‘yiladi.

Top