09:54 / 07.05.2020
28655
Koronavirusning o‘ta yuquvchanligi sababi ma'lum qilindi

AQShning Kornell universiteti olimlari yangi turdagi SARS-CoV-2 koronavirusining o‘ta yuquvchanligi sababini ma'lum qilishdi.

Ularning fikricha, SARS-CoV-2 o‘zida boshqa koronaviruslar genomini birlashtirgani sababli o‘ta yuquvchandir. Bu haqda Journal of Molecular Biology nashrida chop etilgan tadqiqotda aytilgan.  

Tadqiqot mualliflari yangi koronavirus genomi 96 foizga atipik zotiljamni keltirib chiqargan va 2003 yilda 774 kishi hayotiga zomin bo‘lgan virus SARS-CoV-1 genomidan tashkil topganini aniqlashgan. Shu bilan birga SARS-CoV-2 insonda uchrovchi yaxshi sifatli koronavirus HCoV-HKU1’ning jihatlariga ham ega.

SARS-CoV-1 uncha yuquvchan hisoblanmaydi, biroq undan o‘lim darajasi yuqori. HCoV-HKU1’ esa, aksincha, deyarli zararsizdir, biroq juda tez tarqaladi. Shu tariqa, ushbu viruslar sintezida o‘ta yuquvchan va ko‘plab o‘lim holatlariga olib keluvchi virus hosil bo‘lgan. Ushbu virus odamlardan tashqari hujayralari retseptorlari insonnikiga o‘xshash bo‘lgan maymunsimonlar, mushuklar, qorakuzan (norka) va sassiqkuzanlar (xoryok) uchun ham xavfli hisoblanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top