10:01 / 07.05.2020
39680
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2266taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 33 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 7 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2266 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

6 may kuni jami 26ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 76 kishi tuzaldi.

Ayni vaqtgacha jami 1577 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 679 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top