19:02 / 07.05.2020
37764
O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus aniqlandi va 32 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda va Toshkentda yana 32 kishi tuzalgan.

«2020 yil 7 may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2269 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 36ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 14 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 18 nafar, jami 32 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar soni 101 nafar, Toshkent shahrida esa 518 nafarga yetdi.

Bugun 79 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1656 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 603 nafar bemor davolanmoqda.

6 may kuni jami 26ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 76 kishi tuzalgandi.

Top