08:02 / 07.05.2020
8725

O‘zbekistonda suvni chuchuklashtirishning yangi usuliga patent berildi

Sho‘r suv yopiq shisha kub ichida quyosh nurlari ostida isib boradi, bundan so‘ng suv bug‘lari shisha yuzasining tashqi yuzasida to‘planib, chuchuk suv ko‘rinishida pastdagi idishga sizib tushadi. 

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ma'lum qilishicha, Andijon mashinasozlik institutiga maishiy va dala sharoitida sho‘r suvni chuchuklashtirish usuli uchun patent berildi. 

Ushbu usulda sho‘r suv yopiq shisha kub ichida quyosh nurlari ostida isib boradi, bundan so‘ng suv bug‘lari shisha yuzasining tashqi yuzasida to‘planib, chuchuk suv ko‘rinishida pastdagi idishga sizib tushadi. 

Usulning yangiligi shundaki, sho‘r suvga permanganat kaliy (KMnO4) moddasi qo‘shilishida bo‘lib, u suvning rangini o‘zgartirish orqali chuchuklashtirish jarayonini tezlashtiradi. 

Bildirilishicha, mazkur kashfiyot boshqalaridan chuchuklashtirish usulining oson va arzonligi bilan farq qiladi.

Top