10:01 / 07.05.2020
5794
Sirdaryoda toshqindan jabr ko‘rgan aholi xatlovdan o‘tkazilmoqda

Xatlov jarayonida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolik pasportlari yo‘qolgan va yaroqsiz holga kelganlari aniqlanib, ularning ro‘yxatlari tuzib chiqilmoqda.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Prezident topshirig‘iga asosan, “Sardoba suv ombori” toshqinidan jabr ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumani aholisiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mahallalarda ishchi guruhlar fuqarolarni xatlovdan o‘tkazib bormoqda.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda mazkur xatlov jarayonida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolik pasportlari yo‘qolgan va yaroqsiz holga kelganlarini aniqlanib, ularning ro‘yxatlari tuzib chiqilmoqda.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, toshqin natijasida fuqarolik pasporti yo‘qolgan va yaroqsiz holga kelgan fuqarolarni aniqlab, ularga hech qanday qiyinchiliklarsiz yangi biometrik pasport rasmiylashtirib berish ishlarini amalga oshirish, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top