22:03 / 07.05.2020
43706
«Ularning 11 mingga yaqini qiyin ahvolda» – Prezident xorijdagi vatandoshlarni olib kelish haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kungi videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi haqida gapirar ekan, qatnovlar to‘xtagani sabab O‘zbekistonga qayta olmagan vatandoshlarni qaytarish haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Hammalaringning xabarlaring bor, ko‘p davlatlarda O‘zbekiston fuqarolari bor. Biz hozir tizimli ravishda, imkoniyatimizga qarab ularni baribir olib kelishimiz kerak. Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelishni boshladik ham.

Ular orasida ancha qiynalganlari bor. 11 mingga yaqini ancha qiynalgan. Reja qilib, birinchi navbatda ularni olib kelish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz», – dedi davlat rahbari.

Prezident charter reyslar orqali olib kelingan fuqarolar orasida koronavirus yuqtirib olganlar oz emasligi va shuni inobatga olib, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligini ta'kidladi.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 45 ming kishi karantinda bo‘lib turibdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top