18:31 / 08.05.2020
3068

Facebook va Google xodimlariga yil oxirigacha uydan turib ishlashga ruxsat berdi

Avvalroq Facebook xodimlari uydan turib ishlagani uchun 1000 dollardan mukofot olgandi.

Foto: Getty Images

Facebook va Google uydan turib ishlash imkoniyatiga ega xodimlariga yil oxirigacha shu rejimda ishlashga ruxsat berishini e'lon qildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 

Facebook ofislari 6 iyuldan ochilishi rejalashtirilgan. Qaysi xodimlar ofislarga qaytishi borasida kompaniya hozircha bir qarorga kelmagan.  

Avvalroq Facebook xodimlari uydan turib ishlagani uchun 1000 dollardan mukofot olgandi.

Google xodimlarni 1 iyundan ishga qaytarmoqchi edi, ammo endilikda fikrini o‘zgartirdi.

Kompaniya bosh direktori Sundar Pichai ofislarga qaytish iyuldan boshlanishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, uydan turib to‘laqonli ishlay oladigan xodimlar yil oxirigacha uydan ishlashda davom etishlari mumkin.

Aprel o‘rtalarida Mark Tsukerberg 50dan ortiq kishi ishtirokidagi tadbirlar 2021 yil iyungacha o‘tkazilmasligini, xodimlar esa yoz oxirigacha uylaridan ishlashlari mumkinligini e'lon qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top