12:00 / 08.05.2020
3375
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ: Aholiga sug‘urta qoplamalarini to‘lash davom etmoqda

Mamlakatimizda ham kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ham o‘z mijozlari oldidagi sug‘urta majburiyatlarini muddatida bajarish maqsadida «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning barcha filiallarida yetkazilgan turli zararlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish masalalari davom etmoqda va 2020 yilning 27 aprelidan boshlab o‘tgan 10 kun ichida sug‘urta da'volari bo‘yicha 1254,2 mln so‘m sug‘urta qoplamalarini fuqarolarimizga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga to‘lab berdi. 

Jumladan, kompaniyaning tezkor ishchi guruhi kuni kecha mamlakatimizda tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga kelgan talofatlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlari aholisining mol-mulkiga yetgan zararni ko‘zdan kechirib, aholi va tashkilotlarga sug‘urtaning ixtiyoriy va majburiy turlari bo‘yicha joriy yilning 7 may holatiga 22 ta da'vo arizasi bo‘yicha jami 224,0 mln so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berdi va bu yo‘nalishda ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Aytish joizki, kompaniyaning tezkor ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi fojia natijasida aholining mol-mulkiga yetgan zarar holati yuzasidan hodisalarni o‘rganish va to‘lovlarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda o‘zining beminnat hissasini qo‘shishga oshiqqan saxovatpesha yurtdoshlarimiz, tadbirkorlarimiz, ko‘ngillilarning xalqimizga xos bo‘lgan odamgarchilik, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi fazilatlarni namoyon etayotgan bir davrda, kompaniyaning faol yoshlari va qolaversa, butun jamoa birlashib, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi zarar ko‘rgan hududlardan ko‘chirilgan aholiga va boshqa pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan oilalarga birinchi zarurat uchun kerakli bo‘lgan kiyim-kechak, oziq-ovqat maxsulotlaridan iborat, gumanitar yuklar yetkazib berish orqali ularga ko‘mak berib, ayniqsa, boshpanasidan ayrilgan ehtiyojmand oilalarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida «Sahovat va ko‘mak» jamg‘armasiga 200,0 mln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning ahil jamoasi shunday og‘ir kunlarda talofat natijasida jabrlangan aholi bilan yelkadosh bo‘lib o‘z ko‘magini ayamay dalda bo‘layotgan xalqimizning bir bo‘lagi ekanligidan mamnunligini va doim xayrli ishlarga hissasini qo‘shishga tayyorligini bildiradi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Top