01:05 / 08.05.2020
6055
Moldova konstitutsion sudi Rossiyaning 200 mln yevrolik kredit berishi to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qildi

Qayd etilishicha, Moldovaga ushbu kredit taqdim etilishi to‘g‘risidagi kelishuv 17 aprelda imzolangan, 23 aprelda parlament tomonidan ratifikatsiya qilingan.  

Foto: TASS/Vadim Denisov

Rossiya tomonidan Moldovaga 200 mln yevro miqdorida kredit taqdim etilishi to‘g‘risidagi kelishuv Moldova konstitutsiyasiga zid deb topildi. Mamlakat konstitutsion sudi ana shunday qaror chiqardi.

Konstitutsion sud ushbu qaror bilan “Rossiya krediti” bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni ham konstitutsiyaga zid deb topdi. 

Bular hukumatning kredit taqdim etilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qarori, 200 mln yevro miqdorida kredit taqdim etilishi to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi hukumat qarori va parlament qonunlaridir.

Qayd etilishicha, Moldovaga ushbu kredit taqdim etilishi to‘g‘risidagi kelishuv 17 aprelda imzolangan, 23 aprelda parlament tomonidan ratifikatsiya qilingan.  

Konstitutsion sud qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirishi va yakuniy hisoblanishi, qayta ko‘rib chiqilmasligi belgilab qo‘yildi.

Top