16:04 / 08.05.2020
78842
OAVda Moskva oblastidagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma'lum qilindi

Moskva oblastining Ramenskoye tumanida joylashgan mehnat muhojirlari yashayotgan yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi.

Foto: Rossiya FVV

ReN TV xabariga ko‘ra, 6 nafar o‘zbekistonliklarning uch nafari erkak, uch nafari ayol, eng yoshi 22da, eng kattasi 44 yoshda bo‘lgan. 

1. Gulmira Sattorova, 38 yosh
2. Zamira Sattorova, 44 yosh
3. Komila Bo‘riyeva, 30 yosh
4. Safarboy Abdimannonov, 24 yosh
5. Istam Safarov, 41 yosh
6. Doston Boboqulov, 22 yosh.

Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Ramenskoye tumanining Durnixa qishlog‘idagi mehnat muhojirlari yashayotgan ikki qavatli uyda yong‘in chiqqan, natijada yog‘ochdan qurilgan ikkinchi qavat butunlay yonib ketgan edi. 

Mas'ul idoralar uy elektr uskunalar yordamida isitilgani sababli, yong‘inni simlardagi qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqanini taxmin qilmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Top