15:12 / 08.05.2020
14646
O‘g‘limning mungli ko‘zlariga qarashga qo‘rqaman...

Saytimizning xayriya bo‘limining asosiy yo‘nalishi hisoblangan oqqon kasalligiga qarshi kurash doirasidagi navbatdagi bemorning taqdiri bir qarashda boshqalariga o‘xshash. Ammo bu sinov shu qadar jiddiyki, ozgina suhbatdayoq dillarni larzaga soladi.

– Men, San'atbek Soliyev, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashayman, O‘zbekiston tumani IIBda profilaktika inspektori lavozimida ishlayman – deya gap boshlaydi murojaatchimiz.

Hozirgi kunda 8 yashar farzandim Munavvarbekov Behruzbek San'atjon o‘g‘li Toshkent shahridagi Gemotologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida “O‘tkir limfoblast leykoz” tashxisi bilan davolanmoqda.

O‘g‘limni 2016 yil avgust oyidan buyon davolatib kelaman. Oqqon kasalligiga qo‘llaniladigan dori-darmonlar juda qimmat, ayrimlarini hatto topishning iloji yo‘q. O‘g‘limga har kuni qon kerak va uni topish ham borgan sari qiyinlashib bormoqda. Karantin sababli qarindoshlarim qon topshirish uchun Toshkentga kela olishmayapti. Hozirgi kunga kelib o‘g‘limning tahlil javoblari salbiy chiqqanligi va unga og‘ir kimyo terapiya qo‘llanishi sababli ahvoli og‘irlashib boryapti.

Bizga ilik ko‘chirish tavsiya qilingan va bu operatsiya Moskva shahridagi “Bloxin” nomli shifoxona yoki rivojlangan davlatlarning yetakchi klinikalarida qilinishi mumkin. Bunda mening iligimdan farzandimga ko‘chirish mo‘ljallangan.

Ammo bu operatsiya uchun zarur mablag‘ni to‘plash imkoniyatimiz yo‘q. O‘zim IIB xodimiman, ayolim o‘qituvchi, maoshlarimiz to‘laligicha dori-darmonga ketyapti.

Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin ekan. O‘g‘limning mungli ko‘zlariga qarasam, chiday olmayman. Onasi ikkimiz bir-birimizga dalda bo‘lmoqchi bo‘lamiz, lekin yashirinib yig‘laymiz...

Yaxshilar, bizga yordam bering. Xayriya qilish imkoningiz bo‘lmasa, aytib qarz bering. Albatta qaytaraman. Qarzga ham, xayriyaga ham imkoningiz bo‘lmasa, shu farzandimni duo qiling. Boshqa bolalar singari sog‘ayib ketsin.

Aziz yurtdoshlar! Hammaning qalbi yumshab turgan ulug‘ ramazon kunlaridamiz. Bir oilaning umidi avvalo Allohdan, so‘ngra yaratganning ezgulikka oshno qilgan qalbi pok bandalaridan. Behruzbekka yordam beraylik!

Munavvarbekov Behruzbekka oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0203 6224 6352 (Milliy bank, otasi Soliyev San'atjon nomida);

Humo: 9860 1201 0555 8676 (tog‘asi Ilyosjon Ahmadaliyev nomida);

Viza: 4023 0601 3881 7100 (tanishi Solijonov Husniddin nomida);

Sberbank: 4276 6739 5251 5016 (tanishi Tojiboyev Rustamjon nomida).

Telefon: +998903065354

Abror Zohidov.

 

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top