22:05 / 08.05.2020
21978
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni yana bittaga oshdi, shifoxonalarda jami 540 nafar bemor qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 1 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 may soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2325 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.

7 may kuni jami 65ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 79 bemor tuzalgandi. Bugun 27ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 119 bemor tuzaldi. 

Shu vaqtgacha bemorlarning 1775 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan, ayni vaqtda 540 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Top