13:56 / 08.05.2020
15405
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro va Xorazm viloyatlarida jami 33 bemor koronavirusdan tuzalgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Buxoro viloyatida 32 nafar kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 21 nafari Rossiyadan charter reys bilan, yana 1 nafari esa Qirg‘iziston Respublikasidan Buxoroga kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 372 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 404 nafarga yetdi.

Xorazmda bir nafar bemor tuzalgan, u 49 yoshli erkak bo‘lib, Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 168 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Namangan, Sirdaryo va Andijonda jami 32 nafar bemorga javob berilgani xabar qilingandi.

Endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 1721 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top