10:03 / 08.05.2020
29765
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.

7 may kuni jami 65ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 79 bemor tuzalgandi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 1656 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan, ayni vaqtda 648 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov shifoxonalarda qolayotgan bemorlar to‘g‘risida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishishicha, ayni vaqtda 9 bemorning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. 7 may kuni respublika bo‘ylab 12,6 mingdan ortiq kishi test qilingan va ayni vaqtgacha o‘tkazilgan test sinovlari soni 371 mingdan oshgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top