15:29 / 08.05.2020
30160
O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus aniqlandi, 17 kishi sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Samarqand viloyatida 17 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand shahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Pastdarg‘om, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoshi kattasi 52 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 69 nafarga yetdi.

  • So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.
  • 7 may kuni jami 65ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 79 bemor tuzalgandi. Bugun hozircha 26ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 82 bemor tuzaldi. 
  • Shu vaqtgacha bemorlarning 1738 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan, ayni vaqtda 576 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top