08:13 / 08.05.2020
8517

Saudiya Arabistonida karantinga rioya qilinishini nazorat qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etildi 

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklovlarning bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etishga ko‘rsatma berdi.

Bu haqda Saudiya yangiliklar agentligi ma'lum qildi.

“Politsiya karatin choralari bajarilishi ortidan kuzatadi va 5 kishidan ko‘proq bo‘lib yig‘ilishlarga qarshilik kiladi. Jamoat joylari va xususiy joylarda, jumladan uy va do‘konlarda bir oilaning a'zolaridan ko‘proq tarkibda uchrashish taqiqlanadi, qoidabuzarlar 100 ming riyolgacha (27 ming dollar) miqdorda jarimaga tortiladi”, deyilgan xabarda.  

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinishlar soni jadal ko‘payib bormoqda va bu borada arab davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 1793 nafarga ko‘paygach, 33,7  mingdan oshib ketdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni 219 nafarni, undan sog‘ayib ketganlar soni 7798 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq Saudiya hukumati karantin choralariga amal qilinmasa, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 200 mingdan oshishi va sog‘liqni saqlash tizimi kasallar oqimini eplolmay qolishidan ogohlantirgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top