20:17 / 08.05.2020
8291
Tramp Xitoy koronavirusni qasddan tarqatganiga ishonmasligini aytdi

Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti borasida tez orada bayonot berishini aytarkan, Vashington tashkilotga ancha ko‘p mablag‘ o‘tkazishiga qaramasdan JSST Pekinning "qo‘g‘irchog‘i" ekanligini qo‘shimcha qildi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy COVID-19 koronavirusini ataylabdan tarqatganiga ishonmasligini aytdi.

"Virus Xitoydan uquvsizlik natijasida chiqib ketgan bo‘lishi ehtimoli bor ", - dedi u Fox news telekanaliga bergan intervyusida.

"Aftidan, ular buni qanday aytishni bilishmayapti. Biz hamkorlik qilmoqchi va yordamlashmoqchi edik, ammo ular hamkorlikni istamadi", - dedi Tramp.

U shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti borasida tez orada bayonot berishini aytarkan, Vashington tashkilotga ancha ko‘p mablag‘ o‘tkazishiga qaramasdan JSST Pekinning "qo‘g‘irchog‘i" ekanligini qo‘shimcha qildi.

AQSh aprelda koronavirus qanday paydo bo‘lgani va Xitoy qanday qilib uning tarqalishini tezda to‘xtata olgani borasida surishtiruv boshlagani ma'lum qilingandi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, virus Uhandagi laboratoriyadan tarqalgan.

Shu bilan birga, AQSh razvedkasi virusning sun'iy ravishda yaratilmaganini bildirgan.

Xitoy Uhandagi virusologiya instituti pandemiya manbai bo‘lganligini rad etmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top