18:08 / 08.05.2020
6895
Turkmaniston JSST ekspertlar missiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Turkmaniston rasmiylarining ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.

Foto: RIA Novosti

Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlar missiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

U mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda JSSTning Yevropadagi byurosi bilan o‘tkazilgan onlayn muzokarada Turkmaniston tashkilot ekspertlarini qabul qilishga tayyor ekanligini ma'lum qilganini aytdi.

"Mendan keyin sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vaziri Nurmuhammad Amannepesov ham ana shunday muzokara o‘tkazdi. Biz Turkmaniston ushbu missiyaning mamlakatga tashrifini tashkil etishga tayyorligini aytdik. Bu borada hech qanday muammo yo‘q", - deb ta'kidladi Meredov.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 3,6 milliondan oshgan, 254 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

Turkmaniston rasmiylarining ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top