14:32 / 09.05.2020
5526
Afg‘oniston hukumati jami ming nafar tolibni ozodlikka chiqardi

Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSh bilan kelishuvga muvofiq besh ming nafar mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘oniston hukumati ayni paytda “Tolibon” harakatining ming nafar a'zosini ozodlikka chiqardi, deb ma'lum qildi mamlakat milliy xavfsizlik kengashi.

"Koronavirusga qarshi kurashish va tinchlik o‘rnatish yo‘lida hukumat ming nafar mahbus tolibni ozodlikka chiqardi. Endi "Tolibon" Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari xizmatchilarini ozod qilishni tezlashtirishi va hukumat bilan bevosita muzokaralarga tayyorlanishi lozim. Buni kechiktirib bo‘lmaydi", - deyiladi kengashning Twitter sahifasida.

Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSh bilan kelishuvga muvofiq besh ming nafar mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Hukumat bosqichma-bosqich 1,5 ming mahbusni ozod qilishga rozi bo‘ldi.

29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSh 14 oy ichida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi, mahbuslar almashinuvidan so‘ng tinchlik yo‘lidagi muloqot boshlanishi lozim edi.

Top