15:40 / 09.05.2020
10077

Andijonda Ikkinchi jahon urushi veteranlari va mehnat faxriylari onlayn tarzda prezident tabrigini tinglashdi

Bugun mamlakatda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi keng nishonlanmoqda.

Andijondagi “Ko‘hinur” tantanalar majmuasida viloyatda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylarining bir guruhi O‘zbekiston prezidentining sana munosabati bilan yo‘llagan tabrik-murojaatini onlayn tarzda kuzatdilar.

O‘zbekiston prezidenti mazkur tadbirda ishtirok etayotgan 7 nafar andijonlik veteranni nomma-nom sanab g‘alabaning 75 yilligi bilan tabrikladi.

Ayni paytda Andijon viloyatida 37 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yashab kelmoqda.  

Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ularning har biriga yuksak darajada ehtirom ko‘rsatildi.

 Elmurod Ermatov

Top