16:17 / 09.05.2020
52667
Koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2349taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 13 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 9 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.

8 may kuni 27ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 119 bemor tuzaldi - bu kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha eng yuqori natija bo‘ldi. 

Shu vaqtgacha bemorlarning 1803 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan.

Top