16:29 / 09.05.2020
14055

Kun.uz «2019 yil brendi» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Mamlakatning eng yaxshi brendlari “2019 yil brendi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2020 yil 7 mayda Milliy marketing markazi ekspertlarining talqini va iste'molchilarning ochiq ovoz berishi natijalariga ko‘ra uchinchi “2019 yil brendi” mukofoti g‘oliblarini taqdirlashning ilk onlayn-marosimi o‘tkazildi. 

Kun.uz iste'molchilar tanloviga ko‘ra eng yaxshi yangiliklar internet-sayti deb topildi. Mukofot finali g‘oliblarini e'lon qilishning noodatiy formati natijalarga qiziqishni kuchaytirdi, ular bu yil ham Milliy marketing markazi a'zolari, hamkorlari va ekspertlari tanloviga, ham ochiq ovoz berishda qatnashgan iste'molchilar tanloviga asoslandi.

“2019 yil brendi” mukofoti bilan O‘zbekiston bozorida o‘z marketingini muvaffaqiyatli amalga oshiruvchi eng faol kompaniyalar taqdirlanadi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Ovoz berish mart va aprelda o‘tkazildi. 2020 yil martda Assotsiatsiya, DE FACTO marketing agentligi bilan hamkorlikda, Assotsiatsiya a'zolari, hamkorlari va ekspertlari orasida onlayn-ovoz berish o‘tkazdi. Ekspertlar ovoz berishida jami 104 nafar respondent qatnashdi.
 
Ochiq ovoz berish ushbu maqsad uchun maxsus, ovoz berishning hamkori – CkickMe kompaniyasi ishlab chiqqan Telegram-botda o‘tkazildi. 120 mingdan ziyod insonlar 20 ta nominatsiyada o‘zlarining sevimli brendlariga ovoz berdilar.

Taqdirlash marosimida ishtirokchilarga tabrik so‘zi bilan Assotsiatsiya boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov chiqish qildi. U barcha ishtirokchilarni munosib g‘alaba bilan tabrikladi. Eng muvaffaqiyatli kompaniyalarning marketing faolligi professional hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishi umuman marketing rivoji uchun yangi turtki berishini qayd etdi.

Taqdirlash marosimi Assotsiatsiya ekspertlari ta'sis etgan beshta nominatsiya g‘oliblarini e'lon qilishdan boshlandi.

1.  O‘zbekistonda marketing va reklamani qo‘llab-quvvatlash yetakchisi – «Asaka» banki

2.  Marketing malikasi – Shirin Oxunjonova, Les Ailes, Chopar

3.  O‘zbekistonda marketing va reklama rivojiga qo‘shgan hissasi uchun – Najmiddinxo‘ja  Sharipov, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

4.  Yil shaxsi – Malik Karimov, Korzinka.uz, REDTAG, FLO

5.  Yil kashfiyoti – Humo xokkey klubi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi boshqarma boshlig‘i Dilshod Azimov, marosim ishtirokchilari va tadbirni YouTube kanalida kuzatib borayotgan tomoshabinlarga qarata tabrik so‘zida, shu tarzda, nafaqat ekspertlar, balki iste'molchilar fikrlari va afzalliklarini o‘rganishning tadbirkorlarni yangi shart-sharoitlarga moslashishidagi ahamiyatini ta'kidladi.
 
Mukofot tashkilotchilari 20 ta nominatsiyada ikkitadan g‘olibni e'lon qildilar:

1. Energetik ichimliklar

Ekspertlar tanlovi – Adrenaline rush
Iste'molchilar tanlovi – Flash

2. Shirin-gazlangan ichimliklar

Ekspertlar tanlovi – Coca Cola
Iste'molchilar tanlovi – Coca Cola

3. Kolbasa mahsulotlari

Ekspertlar tanlovi – Rozmetov
Iste'molchilar tanlovi – Rozmetov

4. Qandolatchilik mahsulotlari

Ekspertlar tanlovi – Crafers
Iste'molchilar tanlovi – Safia

5. Qahvaxonalar

Ekspertlar tanlovi – Black Bear Kofi
Iste'molchilar tanlovi – Black Bear Kofi

6. Restoranlar/tezkor xizmat kafelari

Ekspertlar tanlovi – Evos
Iste'molchilar tanlovi – Yaponamama

7. Oziq-ovqat chakana savdosi

Ekspertlar tanlovi – korzinka.uz
Iste'molchilar tanlovi – korzinka.uz

8. Maishiy texnikani muddatli to‘lov va kreditga sotish do‘konlari

Ekspertlar tanlovi – Texnomart
Iste'molchilar tanlovi – Media Park

9. Maishiy texnika

Ekspertlar tanlovi – Samsung
Iste'molchilar tanlovi – Samsung

10. Derazalar / profillar

Ekspertlar tanlovi – Imzo
Iste'molchilar tanlovi – Akfa

11. Developerlar

Ekspertlar tanlovi – Murad Buildings
Iste'molchilar tanlovi – Murad Buildings

12. Yangiliklar internet-saytlari

Ekspertlar tanlovi – Gazeta.uz
Iste'molchilar tanlovi – Kun.uz

13. Bank xizmatlari

Ekspertlar tanlovi – SQB
Iste'molchilar tanlovi – Kapital bank

14. Mobil operatorlar

Ekspertlar tanlovi – Beeline
Iste'molchilar tanlovi – Beeline

15. To‘lov tizimlari

Ekspertlar tanlovi – Payme
Iste'molchilar tanlovi – Click

16. Fitnes-klublar

Ekspertlar tanlovi – Chekhov Sport Club
Iste'molchilar tanlovi – Buka Gym

17. Dam olish zonalari

Ekspertlar tanlovi – Amirsoy Resort
Iste'molchilar tanlovi – Amirsoy Resort

18. Sport klublari

Ekspertlar tanlovi – Humo Toshkent Xokkey Klubi
Iste'molchilar tanlovi – Humo Toshkent Xokkey Klubi

19. Ko‘ngilochar bog‘lar

Ekspertlar tanlovi – Tashkent City Park
Iste'molchilar tanlovi – Ecopark

20. Xorijiy tillar kurslari va o‘quv markazlari

Ekspertlar tanlovi – Cambridge
Iste'molchilar tanlovi – Everest Academy.

Top