10:01 / 09.05.2020
30679
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2336taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 9 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2336 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.

8 may kuni 27ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 119 bemor tuzaldi - bu kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha eng yuqori natija bo‘ldi. 

Shu vaqtgacha bemorlarning 1775 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan, ayni vaqtda 551 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top