00:43 / 09.05.2020
48639

O‘zbekistonning ba'zi hududlarida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘di

O‘zbekistonning ba'zi hududlarida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘di. Kun.uz o‘quvchilari o‘zlari guvoh bo‘lgan holatlarning surati va videolarini ulashishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida kuchli yomg‘irga qo‘shilib do‘l ham yog‘gan. Samarqandda ham momaqaldiroq va kuchli yomg‘ir kuzatildi. Navoiy va qashqadaryolik o‘quvchilar do‘lning suratlarini yuborishdi. O‘quvchilarning yozishicha, bu hududlarda yomg‘ir sabab ko‘chalarni suv bosgan.

Kech tushishi bilan Toshkent shahrida ham havo o‘zgarib, chaqmoq chaqdi.

Qarshida ba'zi ko‘chalarni suv bosdi

Yakkabog‘da chaqmoq vaqtida olingan kadr

Qarshida ham do‘l yog‘di
Samarqandda chaqmoq vaqtida olingan kadr
Nurotada yong‘oqdek do‘l yog‘di
Mavzuga oid
Top