00:11 / 10.05.2020
215815
«Yashil», «qizil» va «sariq» hududlar: Tumanlar va shaharlar bo‘yicha ro‘yxat

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi «yashil», «sariq» va «qizil» toifadagi hududlar ro‘yxatini taqdim qildi.

7 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash ta'kidlangan edi.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e'tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratildi.

Bunda: «sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) «yashil» toifaga kiritiladi;

«yashil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi «qizil» toifaga o‘tkaziladi.

Toshkent shahrini «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Amudaryo tumani, Beruniy tumani, Qanliko‘l tumani, Qorao‘zak tumani, Kegeyli tumani, Mo‘ynoq tumani, Nukus tumani, Taxtako‘pir tumani, To‘rtko‘l tumani, Xo‘jayli tumani, Chimboy tumani, Shumanay tumani, Ellikqal'a tumani, Taxiatosh tumani, Bo‘zatov tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Nukus shahri, Qo‘ng‘irot tumani

Andijon viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Xonobod shahri, Baliqchi tumani, Bo‘z tumani, Buloqboshi tumani, Izboskan tumani, Qo‘rg‘ontepa tumani, Marhamat tumani, Ulug‘nor tumani, Xo‘jaobod tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Jalaquduq tumani, Shahrixon tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Andijon shahri, Oltinko‘l tumani, Andijon tumani, Asaka tumani, Paxtaobod tumani

Buxoro viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Kogon shahri, Buxoro tumani, Vobkent tumani, Kogon tumani, Qorovulbozor tumani, Peshku tumani, Romitan tumani, Shofirkon tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Olot tumani, Qorako‘l tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Buxoro shahri, G‘ijduvon tumani, Jondor tumani

Jizzax viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Jizzax shahri, Arnasoy tumani, Baxmal tumani, G‘allaorol tumani, Sharof Rashidov tumani, Do‘stlik tumani, Zomin tumani, Zarbdor tumani, Zafarobod tumani, Mirzacho‘l tumani, Paxtakor tumani, Forish tumani, Yangiobod tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

Qashqadaryo viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Qarshi shahri, Shahrisabz shahri, Dehqonobod tumani, Qamashi tumani, Qarshi tumani, Kasbi tumani, Kitob tumani, Mirishkor tumani, Muborak tumani, Nishon tumani, Chiroqchi tumani, Shahrisabz tumani, G‘uzor tumani, Yakkabog‘ tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

Navoiy viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Navoiy shahri, Karmana tumani, Konimex tumani, Qiziltepa tumani, Navbahor tumani, Nurota tumani, Tomdi tumani, Uchquduq tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Zarafshon shahri, Xatirchi tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

Namangan viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Kosonsoy tumani, Mingbuloq tumani, To‘raqo‘rg‘on tumani, Chortoq tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Pop tumani, Chust tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Namangan shahri, Namangan tumani, Norin tumani, Uychi tumani, Uchqo‘rg‘on tumani, Yangiqo‘rg‘on tumani

Samarqand viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on tumani, Qo‘shrabot tumani, Narpay tumani, Nurobod tumani, Paxtachi tumani, Urgut tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Bulung‘ur tumani, Jomboy tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Samarqand shahri, Oqdaryo tumani, Ishtixon tumani, Payariq tumani, Past Darg‘om tumani, Samarqand tumani, Toyloq tumani

Surxondaryo viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Qiziriq tumani, Muzrobod tumani, Uzun tumani, Bandixon tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Oltinsoy tumani, Boysun tumani, Jarqo‘rg‘on tumani, Qumqo‘rg‘on tumani, Sherobod tumani, Sho‘rchi tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Termiz shahri, Angor tumani, Denov tumani, Sariosiyo tumani, Termiz tumani

Sirdaryo viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Shirin shahri, Oq oltin tumani, Boyovut tumani, Guliston tumani, Sayxunobod tumani, Sirdaryo tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Guliston shahri, Mirzaobod tumani, Sardoba tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Yangiyer shahri, Xovos tumani

Toshkent viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Olmaliq shahri, Ohangaron shahri, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani, Yangiyo‘l tumani

Farg‘ona viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Farg‘ona shahri, Qo‘qon shahri, Qo‘shtepa tumani, Bag‘dod tumani, Beshariq tumani, So‘x tumani, Buvayda tumani, O‘zbekiston tumani, Dang‘ara tumani, Rishton tumani, Uchko‘prik tumani, Farg‘ona tumani, Furqat tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Quvasoy shahri, Toshloq tumani, Yozyovon tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Marg‘ilon shahri, Oltiariq tumani, Quva tumani

Xorazm viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Tuproqqal'a tumani, Xiva shahri, Bog‘ot tumani, Xonqa tumani, Qo‘shko‘pir tumani, Yangiariq tumani, Xiva tumani, Shovot tumani, Yangibozor tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Urganch shahri, Gurlan tumani, Urganch tumani, Hazorasp tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

Toshkent shahri

«Yashil» toifadagi tumanlar: yo‘q

«Sariq» toifadagi tumanlar: Bektemir tumani, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirobod tumani, Olmazor tumani, Sergeli tumani, Uchtepa tumani, Yashnobod tumani, Chilonzor tumani, Shayxontohur tumani, Yunusobod tumani, Yakkasaroy tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tuman va shaharlarda ularning toifasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun amalga oshirilishi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.

Muayyan tuman (shahar) «qizil» toifaga o‘tkazilganda, tegishli hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qat'i nazar ushbu tuman (shahar)da «qizil» toifa uchun nazarda tutilgan barcha karantin cheklovlari to‘liq joriy etiladi.

«Yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda ushbu majmualarning attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida «yashil» va «sariq» toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud «qizil» toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar «sariq» va «yashil» toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

  • ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, 3 kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
  • ta'lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • ko‘ngilochar obektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar – konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta'minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta'minlash uchun birinchi rahbarlar shaxsan mas'ulligi;
  • qurilish-ta'mirlash ishlarida obektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli obekt hududi doirasida tashkil etishi.

O‘z navbatida, «qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top