14:40 / 10.05.2020
30743
Belarusdan 150 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelindi

Belarusning Minsk shahridan 150 nafar O‘zbekiston fuqarosi maxsus charter reys orqali Toshkentga olib kelindi.

Belarusning Minsk shahridan 150 nafar O‘zbekiston fuqarosi maxsus charter reys orqali Toshkentga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Belarusdagi vakili Abrorjon Rahmonov ma'lum qildi.

Assotsiatsiya matbuot kotibining xabar berishicha, 10 may kuni Uzbekistan Airways tomonidan Toshkent–Dehli–Toshkent havo yo‘nalishi orqali charter reys tashkil etiladi. Shuningdek, 10 may kuni Toshkent–Seul–Toshkent yo‘nalishida charter reys qo‘yilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kungi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top